Microsoft kompaniyasi oq rangli Xbox Series S konsolining yangi versiyasini taqdim etdi. Carbon Black deb nomlangan ushbu qora gadjet 1-sentabrdan sotuvga chiqarildi va asosiy farqi 512 GB emas, 1 TB xotiraga egaligidir 💾. Yangi modelning quvvati va texnik imkoniyatlari avvalgidek qolgan, lekin kattaroq xotira hisobiga ko'proq o'yinlar saqlash mumkin. Hozirgi o'yinlar hajmi katta ekanini hisobga olsak, qo'shimcha joy juda qo'l keladi. Shuningdek, 14-sentabrdan oyiga 6.99 yevro evaziga Xbox Game Pass Core xizmati ishga tushiriladi 🚀.