Saudiya Arabistonida Ronaldu hibsga olinishi mumkin 🚨
Mamlakatda badxulq harakati uchun Krishtianu Ronalduni qamoqqa olish va deportatsiya qilishni talab qilmoqchi bo'lishdi 🇸🇦 Advokat Nouf bin Axmed prokuraturaga tegishli ariza kiritishini ma'lum qildi. Portugaliyalik hujumchi 25-tur uchrashuvidan keyin tribunadan Lionel Messining ismi aytib baqirilganiga javoban odobsiz imo-ishora qilgan edi ⚽️ Huquqshunos sportni kuzatmasligini, biroq chet ellik shaxsning bunday jamoatchilik joyidagi qilmishi jinoyat hisoblanib, hibs va deportatsiya bilan jazolanishini ta'kidladi.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?

Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!