TRON – kundalik foydalanishga mo‘ljallangan blokcheyn tizimi bo‘lib, sekundiga 2000 gacha tranzaksiyani bajarishi mumkin. Loyiha kontent almashish va ko‘ngilochar sohaga qaratilgan bo‘lib, 2018 yilda BitTorrent xizmatini qo‘shib olgan. Tarmoq o‘z oldiga fayl almashish, moliyaviy mukofotlar va shaxsiy tokenlar chiqarish kabi bosqichma-bosqich maqsadlarni qo‘ygan. TRON asoschisi – 1990 yilda tug‘ilgan Jastin Sun. Loyiha mualliflar va auditoriya o‘rtasida vositachilarni yo‘qotib, komissiyalarni kamaytirishni va kontentni arzonlashtirishni maqsad qilgan 🌐