"Milliy" stadionda Toshkent yoshlari va sport vazirligi masʼullari o‘rtasida muloqot o‘tkazildi 🏟. Unda vazir o‘rinbosari Elbek Shukurov va shahar boshqarmasi boshlig‘i Akromxo‘ja Shodixo‘jayev qatnashib, o‘g‘il-qizlarning savollariga javob qaytarishdi. Mutaxassis sportga sarflangan har 1 so‘m mablag‘ davlatga 7 so‘m hajmida iqtisodiy naf keltirishini taʼkidladi 💰. Tadbir davomida mahallalardagi sport maydonchalari va bo‘sh yerlar bo‘yicha yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan takliflar bildirildi.