Yevropa Ittifoqi Hindiston bilan xavfsizlik aloqalarini kuchaytirmoqda 🇪🇺
Yevropa Ittifoqi ko‘magida Hindiston diplomatlari va Mudofaa vazirligi vakillari uchun maxsus o‘quv safari tashkil etildi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Hindiston rasmiylarini YI mudofaa mexanizmlari bilan tanishtirish hamda Hind-Tinch okeani mintaqasida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat. Delegatsiyaga Muanpuii Sayavi boshchilik qildi. YI elchisi Erve Delfin tomonlar dengiz xavfsizligi va kiberfazoda hamkorlikni chuqurlashtirishga intilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, mintaqada tinchlikni ta’minlash uchun dengiz savdo yo‘llarini himoya qilish muhimligi qayd etildi.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?



Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!