Kelasi yili sotuvga chiqadigan ushbu yangi qurilma 1 trilliondan ortiq parametrga ega sun'iy intellekt modellarini lokal rejimda ishlatishga mo'ljallangan. Kompaniya vakili uni dunyodagi eng qudratli ish stansiyasi deb atamoqda. Qurilma 96 yadroli Ryzen Threadripper PRO 9995WX protsessori va 2 TB gacha DDR5 xotirasi bilan jihozlangan ๐Ÿ’ป Asosiy versiyada ikkita Instinct MI350P tezlatkichi mavjud bo'lib, eng yuqori jamlanmada ularning soni 4 taga yetkaziladi โšก๏ธ Har bir tezlatkich 600 vatt, protsessor esa 350 vatt quvvat sarflaydi. Barcha komponentlar va suyuqlik sovutish tizimini hisobga olganda, ish stansiyasi yuqori yuklamada 3 kVt dan ortiq quvvat talab qilishi mumkin.