NHL pley-off bahsida "Edmonton Oylers" klubi "Los-Anjeles Kingz" ustidan 4:2 hisobida zafar quchdi 🥅 Gʻoliblar safida Derek Rayan, Leon Drayzayytl, Klim Kostin hamda Evander Keyn oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. Magʻlublar tarkibidan esa Fillip Dano va Gabriel Vilardi gol urishga muvaffaq boʻldi. Ushbu natijadan keyin "Oylers" seriyadagi hisobni tenglashtirdi — 1:1 📊 Jamoalar oʻrtasidagi navbatdagi uchrashuv 22-aprel sanasiga belgilangan 📅