Project Zenith: dasturchilar uchun Windows 11 💻
Microsoft kompaniyasi dasturlash va sun'iy intellektga mo'ljallangan Project Zenith nomli Windows 11 versiyasini taqdim etdi 🤖 Ushbu tizim keraksiz ilovalardan holi bo'lib, fayl kengaytmalarini ko'rsatish kabi foydali sozlamalar bilan ta'minlangan va Linux muhitiga yaqinlashtirilgan. Asosiy e'tibor qurilmada ishlaydigan sun'iy intellektga qaratilgan bo'lib, u yirik modellarni internetga ulanmasdan ishlatish imkonini beradi. Biroq tizim kamida 64 GB tezkor xotirani talab qilgani sababli hozircha faqat yuqori unumdorlikka ega kompyuterlar uchun mo'ljallangan ⚙️
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!