DXX xodimlarining tezkor tadbirida Yangiobod tumani hokimi o‘rinbosari va uning sherigi qo‘lga olindi. Maʼlum bo‘lishicha, ular tadbirkorga shamol elektr stansiyasini qurish uchun 200 gektar qishloq xo‘jaligi yerini sanoat zonasiga o‘tkazib berishni va onlayn-auksion orqali sotishni vaʼda qilgan. Bu xizmat evaziga esa 200 ming dollar talab qilishgan. 💵 Dastlabki 100 ming dollar avansni olayotgan vaqtda sherigi, keyinchalik esa pulni qabul qilib olgan hokim o‘rinbosari ushlandi. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. ⚖️