Vyaçeslav Krotov "Alaniya"ga o'tdi ⚽️
Hujumchi Vyaçeslav Krotov faoliyatini "Alaniya" safida davom ettiradi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati. 30 yoshli futbolchi qishki tanaffusgacha ijara asosida o'ynaydi va yangi jamoasida 57-raqam ostida harakat qiladi. Tajribali o'yinchi o'zining ilk professional shartnomasini 2011 yilda "Volgar" bilan imzolagan. Faoliyati davomida "Spartak", "Ufa" hamda "Pari NN" klublarida to'p surgan. Jumladan, 2015 yildan buyon "Ufa" tarkibida 167 ta uchrashuvda qatnashib, 14 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Rossiya Premyer-ligasida esa jami 181 ta o'yinda qatnashishga ulgurgan. 🏃♂️ 🇷🇺
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?



Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!