Windows 11 yangilanishi xato bermoqda 💻
Windows 11 uchun chiqarilgan ixtiyoriy KB5120998 yangilanishi ba'zi shaxsiy sozlamalarni tiklab yuborishi mumkin. 24H2 va 25H2 versiyalarida o'rnatishdan keyin fon rasmi yo'qolib, qora ekran paydo bo'lishi yoki sichqoncha kursorining sozlamalari standart holatga qaytishi kuzatilmoqda. Muammo asosan ingliz tilidan boshqa tizim tiliga ega qurilmalarda uchraydi. Xato barcha foydalanuvchilarda ham yuzaga kelmayapti. Microsoft ushbu nosozlik ustida ishlayotganini va keyingi yangilanishda uni bartaraf etishini ma'lum qildi ⚙️
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?



Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!