"Manchester Siti" APLda ikkinchi o'rinni rasmiylashtirib, Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bosh murabbiy Pep Gvardiola jamoa bu huquqni maydonda adolatli yutib olganini ta'kidladi 🏆 Futbolchilar oxirgi yillarda doimiy ravishda ushbu musobaqada o'ynab kelmoqda va bunga munosib. Endi barchaning e'tibor qaratgani UEFA qaroriga qaratilgan bo'lib, klub diskvalifikatsiya yuzasidan apellyatsiya bergan. Eslatib o'tamiz, Sport arbitraj sudi yakuniy qarorni 13-iyul kuni e'lon qiladi ⚖️