Apple taqdimoti oldidan iPhone 18 turkumi bo'yicha eng yirik xabarlar saralab olindi. 📱 Jumladan, Samsung Galaxy Z Fold kabi pasport dizayniga ega bu yilgi buklanuvchi iPhone Ultra chiqishi kutilmoqda. Shuningdek, oddiy iPhone 18 modeli odatdagidek kuzda emas, balki kelasi yilning bahorida iPhone 18e va iPhone Air 2 bilan birga taqdim etilishi mumkin. 📷 Bundan tashqari, Pro modellariga yorug'lik va keskinlikni boshqarish imkonini beruvchi o'zgaruvchan diafragmali kamera o'rnatilishi haqida ham mish-mishlar mavjud.