Apple ikkita yangi MacBook loyihasidan voz kechdimi? ๐ป
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Apple o'z rejalarini o'zgartirib, buklanadigan displeyli MacBook va kattaroq OLED ekranli MacBook Pro ustida ishlashni to'xtatgan. Omdia hisobotiga asosan, ekranini ochganda 18 dyuymgacha yetishi kerak bo'lgan buklanadigan gadjet va 14-16 dyuymli boshqa model shular jumlasidan. Biroq kompaniya barcha qurilmalarini OLED texnologiyasiga o'tkazish fikridan qaytmagan. Xususan, 2026-2027 yillarda yangi OLED ekranli Pro modellar chiqishi kutilmoqda. Shuningdek, narxlar oshgani sababli mini-LED texnologiyasi 2028 yilgacha bozorda qolishi taxmin qilinmoqda. Bu ma'lumotlar hozircha norasmiy hisoblanadi ๐.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!