Ben Simmons "Sakramento"ga o'tdi ๐
Tajribali basketbolchi Ben Simmons NBAga qaytmoqda. Insayder Shams Charanianing xabar berishicha, uch karra "Barcha yulduzlar" o'yinchisi "Sakramento Kings" bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Kelishuv qiymati 3,5 million dollarni tashkil etadi. Avstraliyalik sportchi 2025-2026 yilgi mavsumni to'liq o'tkazib yuborgan edi. Jarohatlar sababli so'nggi yillari qiyin kechgan Simmons o'n yillik NBA faoliyatini ushbu jamoada qaytadan boshlashni maqsad qilgan. Uning oxirgi jamoasi "Los-Anjeles Klippers" bo'lgan edi ๐
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!