Google kompaniyasi Gemini yordamchisini smartfonda boshqa vazifalar bilan birga ishlatishni osonlashtirmoqda. Endi uning oynasini kichik suzuvchi pufakchaga aylantirish mumkin. Bu boshqa ilovalar bilan ishlash vaqtida Gemini'dan foydalanishni qulaylashtiradi. Hozircha bu funksiya bosqichma-bosqich joriy etilmoqda va barcha foydalanuvchilarga yetib bormagan. Shuningdek, Nvidia kompaniyasi MediaTek'ka xorijiy obligatsiyalar orqali 3,5 milliard dollar investitsiya kiritdi. Kompaniyalar sun'iy intellekt sanoatida o'n yillik hamkorlikni rejalashtirgan bo'lib, kelgusida yangi avlod chiplarini yaratish ustida ishlaydi.