Ilon Maskning Nevada shtatida tashkil etilgan yangi xAI sun'iy intellekt loyihasi bo'yicha muhim yangiliklar kuzatilmoqda. Insoniyatga koinot sirini tushunishga yordam berishi kutilayotgan ushbu texnologiyani Twitter bilan birlashtirib, WeChat kabi universal ilovaga aylantirish rejalashtirilgan. Shu maqsad bilan tadbirkor Twitter foydalanuvchilaridan yangi brend uchun logo so'radi. Agar yaxshi variant chiqsa, ertagayoq butun dunyo bo'ylab joriy etilishini ta'kidlagan Mask, bir soat o'tgach qiziqarli animatsiyali logotipni ulashdi. Hozirda foydalanuvchilar o'z takliflarini faol ravishda izohlarda qoldirmoqda. ๐Ÿ“ฑโœจ