Windows 11'da muhim yangilik 🪟
Microsoft kompaniyasi Windows 11 uchun KB5120998 deb nomlangan ixtiyoriy dastlabki yangilanishni chiqardi. U foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p kutilgan va talab qilingan funksiyalardan birini taqdim etdi. Ushbu versiya tufayli endi vazifalar panelini ekranning istalgan chetiga – yuqori, chap yoki o‘ng tomoniga bemalol joylashtirish mumkin. Avvalboshdan bu imkoniyat mavjud emas edi va ko‘pchilik aynan shu moslashuvchanlikni so‘rab kelayotgandi 💻✨
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!