GTA 6 uchun maxsus PS5 kontrolleri chiqmoqda ๐ฎ
Sony kompaniyasi "GTA 6" o'yinining chiqarilishiga bag'ishlab PlayStation 5 uchun yangi qurilmani taqdim etdi. Sentyabr oyidagi taqdimotda Vice City uslubidagi maxsus DualSense simsiz kontrollerlari e'lon qilindi. Oq rang tongni, qora rang esa tungi shahar muhitini eslatadi. Qurilmalarga palma barglari silueti va o'yin logotipi tushirilgan. Sotuvlar 19-noyabrdan boshlanadi, oldindan buyurtmalar esa 10-sentyabrdan qabul qilinmoqda. Narxi AQShda taxminan 85 dollarni tashkil etadi va qurilmalar cheklangan miqdorda chiqariladi.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!