Yaqinda taqdim etilishi kutilayotgan iQOO 16 smartfoni haqida yangi maʼlumotlar paydo boʻldi. Insayderlarning xabar berishicha, ushbu qurilma Samsung kompaniyasining M16 matrisasi va LEAD texnologiyasiga ega dunyodagi ilk Android telefoniga aylanishi mumkin. Mazkur ekran yaqinlashib kelayotgan iPhone Ultra modelida ham qoʻllanilishi kutilmoqda. Shuningdek, smartfon 165 Gts chastotani qoʻllab-quvvatlaydigan 6,85 dyuymli 2K+ ekran bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda. Qurilma oʻyin jarayonida real vaqt rejimida yorugʻlik effektlarini taʼminlovchi maxsus Q4 chipini oladi.