Sony kompaniyasi "GTA 6" o'yini uchun maxsus PlayStation 5 kontrollerini chiqarishini e'lon qildi. DualSense rusumidagi ushbu qurilma oq va qora ranglarda taqdim etilib, Vice City uslubidagi naqshlar hamda palma barglari silueti bilan bezatilgan. Oq model tong otishini, qora model esa tungi shahar muhitini eslatadi. 19-noyabrdan sotuvga chiqadigan ushbu cheklangan nashrdagi kontrollerlarni oldindan buyurtma qilish imkoniyati ham mavjud. Narxi AQShda taxminan 85 dollarni tashkil qiladi.