Kamerasiga juda noyob maxluq tushdi 🦌
Kambodjaning Virachey milliy bogʻida oʻrnatilgan qopqon-kamera mutlaqo kutilmagan jonivorni muhrladi. Kadrlarda soʻnggi yillarda uchramagan yirik shoxli muntjak geyiigi paydo boʻldi. 15-35 million yillik tarixga ega bu noyob tur vakili juda sirli sanaladi. Olimlar uning topilishini afsonaviy mavjudot bilan uchrashuvga qiyoslashmoqda. "Osiyo Amazonkasi" deb nomlanuvchi qoʻriqxona turli noyob hayvonlarga boy boʻlsa-da, bu geyikning topilishi haqiqiy kutilmagan sovgʻa boʻldi. Ushbu noyob videotasvir mazkur turlarning hamon tabiatda yashashidan dalolat beradi.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!