1994-yilda chiqqan ilk PlayStation o'ziga xos dizayni bilan o'yin olamini o'zgartirgandi. Endi esa bu afsonaviy konsol Lego konstruktori shaklida qayta yaratilmoqda. 1911 qismdan iborat bu to'plamga konsolning o'zi, bitta oddiy kontroller va ulovchi sim kiradi. Shuningdek, qopqoqni ochish va yoqish tugmalari ham ishlaydi. Qiziarlisi, to'plamdan Gran Turismo va Ape Escape o'yinlarining dioramalari ham joy olgan bo'lib, ularni konsol ichiga joylashtirish mumkin. ๐Ÿงฑ