Google sun'iy intellektga tayanadigan yangi flagman Pixel 11 Pro modelini namoyish etdi. Qurilma TSMC 3nm jarayonida yasalgan Tensor G6 protsessori, Titan M3 xavfsizlik chipi va Android 17 tizimi bilan ishlaydi. 6.3 dyuymli LTPO OLED ekran 3600 nit yorqinlikni taqdim etadi. 🔋 4850 mA/soat akkumulyator 30W simli va 25W Qi2.2 simsiz quvvatlashni qo'llab-quvvatlaydi. Kamera modulida esa 50 MP asosiy, 48 MP ultrakeng burchakli va 120x gacha raqamli yaqinlashtiruvchi telefoto linzalari mavjud. Shuningdek, Gemini Intelligence imkoniyatlari va 7 yillik yangilash va'da qilingan. 🤖