Maks Verstappen FIA bergan jazo sababli Formula 1’ni muddatidan avval tark etishi mumkinligini bildirdi. Singapuradagi matbuot anjumanida so‘kinagani uchun chempion jamoat ishlarini bajarishga hukm qilingandi. Bu jazodan norozi bo‘lgan Red Bull pilotlari shanba va yakshanba kungi rasmiy tadbirlarda quruq javoblar bilan cheklanib, norozilik namoyish etdi. Maks bunday ahmoqgarchiliklar va o‘zicha qolishga qo‘yilmagan cheklovlar uning kelajagiga ta’sir qilishini aytdi. Sportdagi barcha marralarga erishgan pilet shunday holatlar ketish uchun sabab bo‘lishini ta’kidladi. 🏁