Nintendo taqdimotida yangi "Super Mario Bros. Wonder" o'yinining 15 daqiqalik jarayoni namoyish etildi. Platformer 20-oktabrda sotuvga chiqadi. Syujetga ko'ra, Bowser Gul qirolligini egallab olgan, Mario va uning do'stlari esa uni to'xtatish uchun yettita hududdan o'tishi kerak. O'yinda qahramonni filga aylantirish, pufakchalar chiqarish va burg'i yordamida yer ostiga kirish imkonini beruvchi kuchlar mavjud. Shuningdek, kompaniya 6-oktabrda qizil rangli yangi Nintendo Switch OLED versiyasini chiqarishini ma'lum qildi.