Opta superkompyuteri joriy mavsumda Chempionatlar ligasida Arsenal zafar quchishini taxmin qildi. 10 mingta simulyatsiya natijalariga ko‘ra, Mikel Arteta shogirdlari 21.2 foiz imkoniyat bilan birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarni Bavariya (19.9%) va Manchester Siti (12%) band etdi. Amaldagi g‘olib PSJ esa 7.7 foiz natija bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi. Shuningdek, bu mavsumdagi musobaqada Como, LASK, Sabah va Viking klublari o‘z tarixida ilk bor debyut qiladi ⚽️