Apple'ning hamyonbop noutbuki bo‘lgan MacBook Neo 8 GB tezkor xotiraga egaligi sababli SSD diskini haddan tashqari ko‘p ishlatishi ma'lum bo‘ldi. UFD Tech kanali o‘tkazgan test shuni ko‘rsatdiki, operatsion tizim yetarli bo‘lmagan RAM o‘rniga doimiy ravishda SSD xotirasidan foydalanadi ⚠️. Oddiy vazifalarda ham diskka 3 soat ichida 900 GB gacha ma'lumot yozilishi aniqlangan. Noutbukdagi xotira plataga yopishtirilgan bo‘lib, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Tekshiruvlar 256 GB va 512 GB modellarida xotira eskirishi turlicha ekanini ko‘rsatdi 📊.