Ethereum uchun yangi EIP-8141 taklifi 🌐
Ethereum dasturchilari 2027-yilgi Hegotá yangilanishiga EIP-8141 (Frame Transactions) standartini kiritishni rejalashtirmoqda 🛠 Ushbu taklif tranzaksiya ruxsati, komissiya to'lovi va bajarilish jarayonini bir-biridan ajratadi. Natijada, foydalanuvchilar tarmoq komissiyasini ETH orqali to'lash majburiyatidan qutulishi mumkin 💸 Masalan, ilovalar yoki boshqa hisoblar foydalanuvchining gaz to'lovini qoplab berishi, foydalanuvchilar эsa tarmoqda faqat steblekoinlar yordamida ham amallarni bajarishi mumkin bo'ladi 🔗 Validatorlar esa o'z haqini doimgidek efirda olaveradi. Vitalik Buterin so'nggi oylarda bu borada muhim siljishlar bo'lganini ta'kidladi.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!