«Liverpul» klubi yaqin kelajakda Misr milliy jamoasi hujumchisi o‘rnini bosa oladigan futbolchi qidirmoqda. Express Sport xabariga ko‘ra, mersisidliklar e’tibori «Ayaks» a’zosi David Neresga tushgan. 24 yoshli braziliyalik vinger ingliz jamoasining asosiy transfer nishonlaridan biriga aylangan ⚽️. Avvalroq Amsterdam jamoasi ustozi Erik ten Xag ham o‘yinchi 2022-yilgi mavsum yakunida klubni tark etishi mumkinligini aytgandi. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 2 ta gol urib, 7 ta golli pas uzatgan 📊.