Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘жаev Britaniyada jang qiladi 🥊
Professional bokschimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev navbatdagi jangini 26-sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning Birmingem shahridagi BP Pulse Live arenasida o‘tkazadi. Hozircha uning raqibi kim bo‘lishi ma'lum qilinmagan. Bu 25 yoshli hamyurtimizning Queensberry promouterlik kompaniyasi bilan hamkorligidagi ikkinchi jangi bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, u may oyida Yorkshirda o‘tgan oqshomda Aleksis Torresni taslim etib, prof ringdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi. 🏆
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!