iPhone Fold taqdimoti Samsung uchun sovg'a bo'ladi 📱
Apple o'zining ilk buklama smartfonini ushbu hafta e'lon qilishi kutilmoqda, biroq qurilma tez orada global bozorga chiqmasligi mumkin. So'nggi xabarlarga ko'ra, kompaniya uni dastlab faqat Shimoliy Amerikada cheklangan miqyorda sotishni rejalashtirmoqda 🗺️. Bunga asosiy sabab – ekran paneli va ilmoqlarni yetarli miqdorda ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklardir. Natijada oktyabr oyida boshlanadigan savdolar faqat tanlangan hududlarni qamrab oladi. Bu holat Galaxy Z Fold 8 smartfonining muvaffaqiyatidan to'liq foydalanish imkonini berib, Samsung uchun qo'l keladi 🤝 chunki koreys kompaniyasida qurilma ishlab chiqarish bo'yicha hech qanday muammo yo'q.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!