Acer kompaniyasi IFA 2024 ko'rgazmasida ikkita yangi 27 dyuymli Predator o'yin monitorini taqdim etdi. Ulardan asosiysi bo'lgan XB273U F5 modeli QHD o'lchamli IPS displey, 1 ms tezlik, 360 Gts yangilanish chastotasi va NVIDIA G-Sync Pulsar texnologiyasi bilan jihozlangan. Shuningdek, u 550 nit yorug'lik va HDR qo'llab-quvvatlashiga ega. Ikkinchi model – XB273K V5 esa 4K sifatli ekran, 160 Gts chastota va AMD FreeSync Premium texnologiyasini taklif etadi. Uning narxi 499 dollardan boshlanib, 2024 yilning oxirgi choragida sotuvga chiqadi. 🖥