Apple kompaniyasi o'zining ilk buklanadigan iPhone'ini taqdim etishga tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda, Samsung Display Koreyadagi markazida OLED-panellarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlab yubordi. Xabarlarga ko'ra, ilk buyurtma 2026-yilda yetkazib beriladigan 3 million ta displeyni o'z ichiga oladi va Samsung uch yillik eksklyuziv shartnoma asosida yagona yetkazib beruvchi hisoblanadi. Biroq Yaponiya OAV tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Apple qurilmaning ilgak qismini tayyorlashda jiddiy texnik qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ushbu murakkab detallar sababli yetkazib beruvchilar hozircha kuniga atigi bir necha yuz dona mahsulot ishlab chiqarishga ulgurmoqda, bu esa umumiy hajmning cheklanishiga olib kelmoqda ⚙️