Markaziy bank xorijiy valyutalarning yangi qiymatini e'lon qildi. Unga ko'ra, AQSh dollari 17,49 so'mga arzonlab, 11 934,61 so'mni tashkil etdi 💵 Shuningdek, yevro 13 788,05 so'mgacha ko'tarilgan bo'lsa, xitoy yuani 1 769,58 so'mgacha, Rossiya rubli esa 144,64 so'mgacha tushdi 📉 Valyutalarning mazkur yangi qiymati ertaga, 11-avgust seshanba kunidan boshlab amal qilishi belgilandi 📅