Ashxoboddagi Danatar Ovezov nomidagi musiqa bilim yurtida “Betaraf-lik simfoniyasi” muallifi, xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Rovshan Nepesov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligiga bag‘ishlandi. Kompozitor yosh musiqachilar qarshisida o‘z asarini jonli ijro etdi. Suhbat davomida u chinakam ilhom xalq oldidagi mas’uliyat tuyg‘usidan boshlanishini, asarda tuyduk va dutor kabi milliy cholg‘ular muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Talabalar iltimosiga ko‘ra, u boshqa ijDlarini ham ijro etdi. 🎹