"Monako"dan yirik g'alaba ⚽️
Fransiya chempionatining to'rtinchi turida "Monako" o'z maydonida "Lans"ni 3:0 hisobida taslim etdi. Bahsning 24-daqiqasida Stefan Singo hisobni ochgan bo'lsa, 36-daqiqada Aleksandr Golovin mezbonlarning ikkinchi golini urdi. Bu 27 yoshli yarim himoyachining joriy mavsumdagi ilk to'pi bo'ldi. O'yin yakunida Gilermo Maripan ham o'z nomini tabl1o yozdirib qo'ydi. Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng 10 ochko to'plagan monakoliklar Liga 1 turnir jadvalida peshqadamga aylanishdi. "Lans" esa bir ochko bilan 17-pog'onani band etib turibdi. Keyingi turda qizil-oqlar "Loryan" bilan, raqib esa "Mes"ga qarshi bahs olib boradi. 🇫🇷🔥
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!