Volition studiyasi Saints Row o'yinini qaytadan boshlash loyihasi chiqish sanasini naqd yarim yilga qoldirdi. Fevral oyida taqdim etilishi kerak bo'lgan loyiha endi avgust oyi oxirida sotuvga chiqadi. Bunga sabab jamoaga talablarga to'liq javob beradigan sifatli mahsulot yaratish uchun qo'shimcha vaqt kerakligidir. ⏳ O'yin jarayonida global o'zgarishlar kutilmayapti, berilgan yarim yil faqat loyihani mukammal holatga keltirishga sarflanadi. 🚀 Ijodiy direktor Jim Bun qo'shimcha kutish o'zini oqlashi va bu seriyadagi eng yirik o'yin bo'lishini bildirdi.