2025-yil yakunigacha poytaxtimizda 50 ming dona sovuq suvni o‘lchaydigan zamonaviy qurilma qo‘yiladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” vakili Ravshan Yoqubjonov ma’lum qildi. Fransiyaning Suez kompaniyasi bilan hamkorlikdagi mazkur yetti yillik yirik loyihaning birinchi bosqichi doirasida sinovlar muvaffaqiyatli yakunlanib, hozirda Yangihayot tumanida ishlar boshlandi. 💧 Yangi hisoblagichlarning asosiy afzalligi shundaki, fuqarolar ko‘rsatkichlarni o‘zlari berishi shart emas – ma’lumotlar avtomatik tarzda yig‘iladi. 📊 “O‘zsuvtaъminot” mablag‘lari evaziga aholi uchun to‘liq bepul almashtiriladigan ushbu qurilmalarning kafolat muddati besh yilni tashkil etadi. Besh yil ichida jami 670 mingta shunday moslama o‘rnatish rejalashtirilgan.