Eron Bosh shtabi marhum prezident Ibrohim Raisi va tashqi ishlar vaziri halok bo‘lgan vertolyot qulashi yuzasidan dastlabki hisobotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, uchish yo‘nalishi o‘zgarmagan va dispetcherlar bilan suhbatda shubhali holat aniqlanmagan. 📜 Vertolyot qismlarida o‘q izlari topilmagan, yong‘in esa qulagandan keyin chiqqan. Shuningdek, murakkab ob-havo va tuman qidiruv ishlarini qiyinlashtirgani qayd etildi. To‘liq xulosalar tekshiruvlar tugagach ma’lum qilinadi. 🔍