Rolex Shanghai Masters turniri o'z yakuniga yetdi. Hal qiluvchi bahsda dunyoning to'rtinchi raketkasi Daniil Medvedev germaniyalik Aleksandr Zverev bilan kuch sinashdi. ๐ŸŽพ Bir soatu o'n uch daqiqa davom etgan uchrashuvda rossiyalik tennischi raqibini 6:4, 6:1 hisobida yengdi. Ushbu g'alaba Daniilga 1 million 374 ming 995 dollar mukofot puli va 1000 reyting ochkosini taqdim etdi. ๐Ÿ’ฐ