Buyuk Britaniya moliyaviy nazoratchisi FCA so‘nggi yilda kripto-kompaniyalarning arizalar kelib tushgan qismiga nisbatan keskin choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Hisobotga ko‘ra, arizalarning deyarli 90 foizi firibgarlik va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi yetarli chora-tadbirlar yo‘qligi sababli rad etilgan yoki qaytarib olingan 📉 O‘tgan yili kelib tushgan 35 ta arizadan atigi 4 tasi ro‘yxatdan o‘tgan, xolos. Shuningdek, regulyator reklama qoidalarini buzgan noqonuniy platformalarga qarshi 450 ta ogohlantirish chiqardi 🚨 Avvalroq FCA xavfsizlik talablarini bajarmagani uchun Coinbase’ning sho‘ba korxonasiga jarima ham solgandi.