Tajribali murabbiy Anj Postekoglu buyuk futbolchilar bilan ishlash oson ekanini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, haqiqiy yulduzlar doimo yuqori motivatsiyaga ega bo'lib, o'z ustida tinimsiz ishlaydi va to'g'ri yo'ldan boradi. 🌟 ESPN nashriga bergan intervyusida Postekoglu Krishtianu Ronaldu hamon ulkan maqsadlar sari intilayotganini va faoliyatini yakunlashidan oldin 1000 ta gol marrasiga ulkan qadam qo'yayotganini e'tirof etdi. 🎯 Eslatib o'tamiz, avvalroq portugaliyalik hujumchi yaqin mavsum uning uchun oxirgisi bo'lishi mumkinligini ma'lum qilgandi.