Robinhood Chain Tron'ni ortda qoldirdi ๐
Ishga tushganiga ko'p bo'lmagan Robinhood Chain tarmog'i tarmoq faolligi bo'yicha yetakchilarni ortda qoldirmoqda ๐ DefiLlama ma'lumotlariga ko'ra, u bir kecha-kunduzda 4,01 million dollar daromad yig'ib, kunlik tushum bo'yicha birinchi o'rinni egalladi. Bu ko'rsatkich ikkinchi o'rindagi Canton'dan 137 foizga ko'p. Shuningdek, loyiha Tron tarmog'ini ham to'rt baravar ortda qoldirdi ๐ Taqqoslash uchun: Tron 873,9 ming dollar ishlagan bo'lsa, Base, Solana va Polygon natijalari bundan ancha kam bo'ldi. Faollikning keskin oshishi bozorda katta e'tibor tortmoqda.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?


Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!