Ishga tushganiga ko'p bo'lmagan Robinhood Chain tarmog'i tarmoq faolligi bo'yicha yetakchilarni ortda qoldirmoqda ๐Ÿ“ˆ DefiLlama ma'lumotlariga ko'ra, u bir kecha-kunduzda 4,01 million dollar daromad yig'ib, kunlik tushum bo'yicha birinchi o'rinni egalladi. Bu ko'rsatkich ikkinchi o'rindagi Canton'dan 137 foizga ko'p. Shuningdek, loyiha Tron tarmog'ini ham to'rt baravar ortda qoldirdi ๐ŸŒ Taqqoslash uchun: Tron 873,9 ming dollar ishlagan bo'lsa, Base, Solana va Polygon natijalari bundan ancha kam bo'ldi. Faollikning keskin oshishi bozorda katta e'tibor tortmoqda.