UFC Shanghai turnirida Umar Nurmagomedovni nokautga uchratgan Song Yadong hamyurti Usmon bilan oktagonda yuzaga kelgan tushunmovchilikka izoh berdi. Uzoq yillardan beri bir zalda shug‘ullanib, birga mashg‘ulot o‘tkazib kelayotganini aytgan sportchi Usmonning xatti-harakatida qasddan qilingan hujum ko‘rmaganini, bu shunchaki emotsiya va himoya reaksiyasi bo‘lganini ta’kidladi. 🤝 Shuningdek, Yadong Umar og‘ir nokautdan keyin o‘ziga kelishi qiyin kechishini va uning kurashini osonlikcha zararsizlantirganini qo‘shimcha qildi. ⚡️