Sement zavodlari qurilishiga moratoriy qo‘yiladi 🏗
O‘zbekistonda yangi sement zavodlarini barpo etish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov parlament majlisida ma'lum qildi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi 47 ta shunday korxonaning yarmidan ko‘pi hozirda ishlamayapti, faoliyatdagilarning esa 90 foizi ekologiya talablarini buzmoqda 🏭 Toshkent va tog‘oldi hududlariga zarar yetkazayotgan bu kabi zavodlar uchun jarima miqdori 10 milliard so‘mgacha oshirilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, loyihalar uchun majburiy ekologik ekspertiza qayta tiklandi 🌳
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!