Sem Emik xabariga ko‘ra, Ben Simmons «Sakramento» bilan shartnoma imzolab, ligaga qaytdi. Unga «Niks» va «Uorriorz» ham qiziqqandi. Kley Tomppsonning otasining aytishicha, o‘gli «Xit»ga beshinchi chempionlik uzugi uchun o‘tgan va basketbolni hamon sevadi. Dreymond Grin Kavay Leonardning jazolanmaganidan xursandligini bildirib, uning versiyasiga ishonishini aytdi. Enes Kanter WNBA komissari Keti Engelbert ketganidan keyin bu lavozimga tayyorligini e’lon qildi. Shuningdek, «Villerban» byudjeti keskin kamaydi va Seattledagi NBA klubi uchun raqobat boshlandi. 📊