Gollarga boy shiddatli o'yin! ⚽
O'zbekiston futboli afsonalari va jahon yulduzlari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 5:4 hisobida yakunlandi. Bunyodkor stadionida o'tgan bahsni Ilgiz Tantashev boshqarib bordi. Maydon egalaridan Leonid Koshelev, Nodir Eliboyev, Hikmat Hoshimov, Azamat Abduraimov va Jasur Hasanov gol urdi. Mehmonlar safida esa Oskar het-trik qayd etib, Vincenzo Iaquinta bitta gol kiritdi. O'yin davomida bitta sariq kartochka qayd etildi.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?
Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!