Lyuis Xamilton "Ferrari" jamoasini joriy mavsumdagi bolidni yaxshilashdan voz kechishga va butun e'tiborni 2026-yilga tayyorgarlikka qaratishga ko'ndirmoqchi. Poygachining so'zlariga ko'ra, jamoada yangi detallar paydo bo'lmagiga ancha bo'lgan va mavjud texnika bilan ish davom ettiriladi. Hali kech bo'lmaganda, u jamoadoshlaridan kelgusi mavsumga ustuvor ahamiyat berishni so'ramoqchi. Joriy yilda esa kelasi mavsum uchun kerakli mashinani olish maqsadida poydevor qo'yilib, vositalar o'rganilmoqda va barcha jarayonlar mukammallashtirilmoqda 🛠